Yevropa Ittifoqi va Turkiya Belgiyadagi sammitda migratsiya muammosini hal qilişning asosiy tamoyillarini kelişib oldilar. Bu haqda Twitter’da Yevrokomissiyaning rasmiy vakili Mina Andreyeva ma'lum qildi.

"Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker va Yevrokengaş raisi Donald Tusk YeI sammitida Turkiya boş vaziri Ahmet Dovudöğlu bilan muhojirlar inqirozini birgalikda hal qilişning asosiy tamoyillarini kelişib oldilar", deb yozdi Andreyeva.

Tuskning ma'lum qilişiça, Yevropa Ittifoqi va Turkiya muhojirlar oqimini qisqartirişga kelişib oldilar. U, şuningdek, qoçqinlarning Yevropa Ittifoqiga "bolqon yönalişi" böyiça kirişi bundan buyon "yopilganini" e'lon qildi. "Yevropaga noqonuniy migratsiya kunlari poyoniga yetdi", deb qöşimça qildi Tusk.

Fransiya prezidenti Fransua Olland öz navbatida Turkiyaga migratsiya muammosini hal qiliş uçun yana 3 mlrd yevro ajratilişi mumkinligini aytdi. U, şuningdek, Anqara Gretsiyaga Turkiyadan kelgan muhojir va qoçqinlarni qabul qilişga rozi bölganini ma'lum qildi. Ollandning ta'kidlaşiça, Yevropa Ittifoqi şengen kelişuvini saqlab qolişga muvaffaq böldi.     

Germaniya kansleri Angela Merkel agar Anqara özida qoçqinlarni qabul qilişga rozi bölsa, unda YeI iyundayoq Turkiya bilan viza tartibini yumşatişi mumkinligini aytdi.

7 martda Bryusseldagi muzokaralarda murakkabliklar vujudga kelgani haqidagi ma'lumot paydo bölgandi. Muzokaralar davomida Turkiya rahbariyati migratsiya inqirozi bilan boğliq muammolarni hal qiliş uçun Yevropa Ittifoqidan 20 mlrd yevro söragani ma'lum qilingandi.