Malayziyaning Transport vaziri Liou Tiong Lay Malaysia Airlines Boeing 747 halokati tufayli halok bölgan yölovçilarning oilalariga kompaniyadan tovon pulini talab qilişga çaqirdi.

Vazir bu talabni 8 martgaça amalga oşiriş kerakligini aytdi, çunki 1999 yilda qabul qilingan Monreal konvensiyasiga asosan tovon tölaş talabi ikki yildan söng tugaydi.

Uning sözlariga köra, Malayziya hukumati halok bölgan insonlarining oilalari xalqaro va mahalliy qonunlarga asosan töla huquqqa egaliklarini tuşunadi.

Malaysia Airlines ötgan oyda oilalarga adolatli ravişda tovon tölaşni va'da bergan edi.

2014 yilning mart oyida Kuala-Lumpurdan Pekinga uçgan samolyot, taxminan Hind okeanining janubiy qismida qulab tuşgan. Samolyotda 227 yölovçi va ekipajning 12 a'zosi bölgan. Oldinroq, Malayziya ularni bedarak yöqolgan deb e'lon qilgandi.