Rossiyalik tennisçi Mariya Şarapovaning advokati Jon Xeggerti tennisçidan olingan qon namunasida taqiqlangan modda aniqlangani bilan boğliq vaziyatning tafsilotlari bilan bölişdi.

7 martda Şarapova maxsus matbuot-anjumanida uning Avstraliya oçiq çempionatida olingan qon namunasida taqiqlangan modda – meldoniy topilganini tan oldi.

"Biz Xalqaro tennis federatsiyasi bilan bu masalada yaqindan aloqa qilamiz, çunki vaziyatni yumşatuvçi köplab omillar mavjud. Bizning fikrimizça, jazolaş muddatini ança qisqartiriş mumkin. Mening mijozim sportçi uning organizmiga tuşuvçi barça narsa uçun javobgar, deb hisoblaydi. Mijozim butun faoliyati davomida bunga aynan şunday qaragan. Faqatgina yanvarda 25 kun davomidagina uning organizmida taqiqlangan modda bölgan.

Mariya bu vositani 10 yil qabul qilgan. Mariyaning darmonsizligi sabablarini aniqlaşi kerak bölgan uzoq davom etgan sinovlardan keyin mildronatni qabul qilişni Mariyaga uning şifokori tavsiya qilgan. Şifokor Mariyada EKGning noodatiy körsatkiçlari, qandli diabetga moyillik, magniy darajasining pastligi va immun tanqisligini aniqlagan. Mariyaning salomatligini yaxşilaşi kerak bölgan muayyan vositalarni yozib beriş yoki tavsiya qiliş şifokorning işidir. U barça dorilarni tekşirgan va öşa paytda aniqlangan modda qora röyxatda bölmagan. Bu dorilar Şarapovaga yordam berdi, uni kortga qaytardi va salomatligi bilan boğliq muammolardan xalos böliş yoki ança kamaytirişga imkon berdi. 10 yil davomida u bu dorilarni oşkora va qonunga mos ravişda qabul qilgan. Afsuski, Mariya mildronat 1 yanvardan taqiqlangan vositalar qatoriga kirganini nazardan qoçirgan", deb Xeggertining sözlarini keltirmoqda Sports Illustrated naşri.