Gollandiyadagi tibbiyot markazlaridan birining olimlari Xitoydan keltirilgan ming yillik Budda haykalini örganib çiqişdi. Kompyuter tomografiyasi yordamida 11 yoki 12-asrga tegişli Budda haykali öz içida budda rohibining mumiyolangan qoldiqlarini saqlaşi ma'lum böldi.

"Olimlar haykal içida odam qoldiqlari borligini avvalroq ham taxmin qilişgan, biroq tekşiruv davomida yana bitta kaşfiyot qilindi: mumiyoning olib taşlangan içki a'zolari örnida qadimiy xitoy iyerogliflarida yozilgan qoğoz bölaklari aniqlandi", deb yozmoqda "Den Online" naşri.

Hozirça bular qanday yozuvlar ekanini aniqlaşning imkoni yöq, çunki mumiyo juda mört bölgani sababli ularni çiqarib olişning iloji bölmayapti. Biroq olimlar tomonidan "bizning eng keksa mijoz" deb atalayotgan mumiyo özi haqida ba'zi narsalarni ayon qildi.

Haykalning asosida yotgan qoğozda ism yozilgan bölgan. Aniqlanişiça, mumiyo Xitoy meditatsiya maktabining Lyu Tsyuan ismli rohibi bölgan. Şuningdek, rohibning 1100 yilda vafot ekani aniqlandi.