Şimoliy koreyalik xakerlar önlab janubiy koreyalik amaldorlarning smartfonlari himoyasini buzib, ulardagi matnli va ovozli xabarlarga kira olişgan. Bu haqda Janubiy Koreya milliy razvedka xizmati (NRS) ma'lum qildi.
Xabarda kiberhujum oqibatida aynan qaysi rasmiy şaxslar zarar körgani va bunda biror maxfiy ma'lumot öğirlangani haqida ma'lumot berilmagan.
NRS ma'lumotlariga köra, kiberhujum fevral oyining oxirida, mart oyi boşida yuz bergan.
Oxirgi yillarda Seul bir neça marta Pxenyanni kiberjinoyatlarda ayblab kelgan. Öz navbatida Şimoliy Koreya bu ayblovlarni inkor qilib keladi.






