«Çelsi» APLning 29-turida «Stok Siti»ga qarşi maydonga çiqib, durang hisob (1:1) qayd etdi.

Şu tariqa, londonliklar klubi boş murabbiyi Guus Xiddink özining mağlubiyatsiz seriyasini 12ta öyinga yetkazdi va APLda yangi tayinlangan murabbiylarning bu boradagi şu vaqtgaça bölgan rekordini yangiladi.

Gollandiyalik mutaxassis «Çelsi» boşqaruviga 2015 yilning 20 dekabr kunida kelgandi. Ötgan vaqt davomida u jamoa bilan APLning 12 öyinida 5 ğalaba va 7 durang qayd etdi.

Bu boradagi avvalgi rekord 1993-94 yilgi mavsumda «Nottingem Forest»ni boşqargan Frenk Klarkka tegişli edi. U öşanda jamoa boşqaruviga kelgaç, qatorasiga 11 öyinda mağlubiyat neligini bilmagandi.