Rossiya energetika vazirligi işlab çiqqan Rossiya neft sohasini 2035 yilga qadar rivojlantiriş boş sxemasiga köra, Rossiyada neft qazib oliş hajmi 20 yildan keyin eng yaxşi vaziyatda 1,2 foizga, eng yomon vaziyatda 46 foizga kamayişi mumkin. Bu haqda "Vedomosti" naşri xabar bermoqda.
Boş sxema 2011 yilda qabul qilingan, 2020 yilgaça amal qiladigan sxemaning örnini bosişi kerak. Tahlil uçun asos qilib 2014 yil olingan, Urals nefti uçun narx esa 2020 yilda 80 dollar, 2030 yilda esa 97,5 dollar qilib olingan.
Naşrning ta'kidlaşiça, sxemada 4 ta ssenariy körib çiqilgan: maqbul narxlar, 2016 yildan keç bölmagan muddatda sanksiyalarning bekor qilinişi, soliq yuklamasining optimallaştirilişini nazarda tutuvçi örtamiyona ssenariy, bazaviy ssenariy hamda neft uçun past narxlar va sanksiyalarning saqlanib qolinişini közda tutuvçi minimal ssenariy.
Sxemada körsatilişiça, hozirda özlaştirilayotgan konlar 2035 yilgaça neft qazib oliş hajmining yarmini ta'minlaşga qodir, qolgan hajm esa geologik-qidiruv işlari natijasida isbotlangan zaxiralarning ösişi hisobiga qoplanadi.
Energetika vazirligi neft qazib oliş hajmi kamayib ketmasligi uçun xususiy kompaniyalarga şelfda neft olişga ruxsat beriş, soliq yuklamasini yumşatiş, kiçik va örtaça kompaniyalarning maqomini mustahkamlaş va ularga kömak körsatişni taklif qilmoqda. Şuningdek, köp oltingugurt saqlovçi va öta qovuşqoq neftni qayta işlaşni rağbatlantiriş taklif qilinmoqda.
Boş sxemada, şuningdek, gaz kondensati olinişi 20 yildan keyin 37 foizdan 74 foizgaça oşişi mumkinligi körsatilgan. Yevropa davlatlariga Rossiya mazuti va dizel yonilğisi eksporti 2014 yilga nisbatan 2035 yilgaça 10-14 foizga oşadi. Xitoy 2035 yilga qadar Rossiya nefti eksportini 2014 yilga nisbatan 1,8-2,2 marta oşiradi.






