«Real» jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu YeÇLning nimçorak finalida «Roma»ga qarşi ötkazilgan uçraşuvda asosiy tarkibda maydonga çiqdi.
Bu uçraşuv 31 yoşli uşbu futbolçi uçun YeÇL pley-off bosqiçlaridagi 57-uçraşuv böldi va u bu boradagi rekordni örnatdi.
Bungaça u «Barselona»ning sobiq futbolçisi Xavi bilan birgalikda 56talik körsatkiç qayd etib turgandi. Ayni vaqtda «Portu» şarafini himoya qilayotgan darvozabon Iker Kasilyas hisobida esa YeÇL pley-offlarida ötkazilgan 55ta uçraşuv bor.
Şuningdek, bu boradagi röyxatni «Barselona» a'zosi Andres Inesta (53), «Nyu-York Siti» xavbeki Frenk Lempard (52), «Barselona» hujumçisi Lionel Messi (51) hamda transfer huquqi «Mançester Yunayted»ga tegişli bölgan, faoliyatining asosiy qismini «Barselona»da ötkazgan Viktor Valdes (51) davom ettirgan.






