Lesterdagi universitetning geologiya fakulteti talabalari Angliya çempionati 27-turida "Norviç"ga qarşi uçraşuvda "Lester" jamoasi muxlislari tomonidan keltirib çiqarilgan kuçsiz zilzilani qayd qilişdi. Uçraşuv "Lester"ning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan.

Uçraşuvning 89-daqiqasida "Lester" hujumçisi Leonardo Uloa ğalaba töpini kiritdi. "Lester" muxlislari bu golni nişonlayotib 0,3 magnitudali zilzila keltirib çiqarişdi. Bu zilzila seysmik asboblar yordamida qayd etildi.

Öşa kuni "Lester" töpurari Jyeymi Vardi gol urmagan bölsa-da, bu hodisa uning şarafiga "Vardiqimirlaş" deb nomlandi.

Birinçi bosqiç talabasi Riçard Xoyl buyoğiga ham "Lester" uçraşuvlari paytidagi yer qimirlaşlar magnitudasini qayd qilib borişni va qaysi bir öyinçining goli kuçliroq "zilzila keltirib çiqarişini" aniqlaşini aytdi.

Magnitudasi 1-2 balli zilzilalar ba'zi odamlar va hayvonlar tomonidan his qilinadi.