Professional boksning superoğir vazn toifasida WBC yönalişi çempioni kamari uçun uşbu kamarning amaldagi sohibi amerikalik Deontey Uaylder va da'vogar, rossiyalik boksçi Aleksandr Povetkin örtasidagi jang Rossiya hududida ötkaziladi. Bu ma'lumotni “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy öz tvitteri orqali rasman tasdiqlagan.

"Menda bir qança variantlar bölgandi: köproq pul haqida öylaş yoki Saşa uçun qulay şaroitlarni ta'minlaş. Men ikkinçisini tanladim va jang Rossiyada ötkaziladigan böldi. Men bu jangda kim ğalaba qilişini bilmayman. Lekin jang oldidan xotirjam bölişni istadim, Saşa özini yaxşi his qilişi uçun qölimdan kelgan barça işni qildim. Uaydler va uning jamoasini biznikida mehmon sifatida körişdan juda ham xursand bölaman", deb yozadi Ryabinskiy

Hozirça bu jangning ötkaziliş sanasiga aniqlik kiritilmagan. Ryabinskiy bu jangning şu yilning may oyi oxirida ötkazilişini aytgan.

Ryabinskiyning jamoasi promouterlik savdolarida uşbu jangga egalik qiliş huquqini 7 million dollarga sotib olgandi.

30 yoşli Uaylder şu vaqtgaça 36ta jang ötkazgan va barçasida ğalaba qilgan (35 KO). Rossiyalik sobiq jahon çempioni, 36 yoşli Aleksandr Povetkin esa faqat bir marta ukrainalik Vladimir Kliçkodan yengilgan (30-1, 22 KO).