Şveytsariyaning Tsyurix şahrida bölib ötgan FIFAning navbatdan taşqari Kongressida Özbekiston Futbol Federatsiyasi boş kotibi Sardor Rahmatullayev hamda Qozoğiston Futbol Federatsiyasi boş kotibi Azamat Aytxojin örtasida uçraşuv bölib ötgandi va unda özaro hamkorlik borasida kelişuvga erişilgandi.
Unga binoan 8 mart kuni Ravşan Ermatov boşçiligidagi hakamlar guruhi Qozoğiston Superkubogi uçun öyinni boşqarib borişdi.
Şuningdek, mazkur loyihaga köra, taşrif davomida Ravşan Ermatov Ostona şahrida qozoğistonlik yoş referilar uçun seminar ham ötkazdi. Unda maşhur referi öz yordamçilari – Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov bilan birgalikda qozoğistonlik hakamlarga öz tajribalari haqida sözlab berişdi.








