London qirollik hamjamiyatining 150 nafardan ortiq yetakçi olimlari, jumladan fizik Stiven Xoking Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqi tarkibidagi örnini saqlab qolişini ma'qullab xat yozişdi. Xat matni The Times gazetasida e'lon qilingan.

Ilm-fan vakillarining fikriga köra, ilmiy-tadqiqotlarni olib borişni erkin harakatni çeklaş fanga salbiy ta'sir ötkazişi mumkin. Ular mamlakatning Yevroittifoqdan çiqişi Britaniya uçun falokatli bölişi mumkinligidan ogohlantirişgan.

Şuningdek, olimlar Şveytsariyaning muhojir işçilarga nisbatan joriy qilgan çeklovi natijasida iqtidorli olimlarning mamlakat hududiga kelmay qöygani va bu ilm-fanga salbiy ta'sir körsatganini misol qilib keltirib ötişgan.

Eslatib ötamiz, oldinroq Britaniyadagi 200dan ortiq yetakçi kompaniya rahbarlari YeI tarkibida qolişni ma'qullab xat yozişgandi.