Vageningen universiteti va Gollandiya ilmiy-tadqiqot markazi olimlari NASA tomonidan taqdim qilingan, körsatkiçlari böyiça Mars sayyorasidagi va Oydagi tuproqqa maksimal darajada yaqin bölgan tuproqda sabzavotlarni yetiştiriş böyiça ikkinçi tajribani muvaffaqiyatli ötkazişdi. Bu haqda olimlar guruhi matbuot-bayonotida ma'lum qilingan.

Hammasi bölib olimlar ön turdagi sabzavot, jumladan pomidor, nöxat, rediska, kress-salat, ismaloq, javdar buğdoyi, kinoa, skorodu piyozi i rukkolu hosilini olişga muvaffaq böldilar. Tajriba mualliflarining aytişiça, "mars tuproğida" yetiştirilgan hosil statistik jihatdan oddiy tuproqdan yiğib olingan hosil vazniga taxminan teng bölgan.

Biroq olimlar sabzavotlarning birinçi partiyasini yeyişmagan, deb aytdi tajriba rahbari Vixer Vamlink.

"Mars tuproği" qörğoşin, margimuş va merkuriy kabi oğir metallar, köp miqdorda temir saqlaydi. Agar bu metallar ösimlikka singisa, ular hosilga ötib, ularni zaharli qilişi mumkin.

Şuning uçun tajribani davom ettiriş kerak. 3-tajriba hosilning xavfsiz iste'moliga bağişlanadi. Tajriba 2016 yil aprelida kartoşka va loviya hosilini yetiştirişdan boşlanadi.

"Agar hosil taomlarga işlatiş uçun yetarliça xavfsiz bölsa, biz investorlarni "mars taomi" tortiladigan keçki ovqatga taklif qilamiz. Juda bölmasa, buni yeyişdan qörqmaydiganlarni", deb aytmoqdalar tadqiqotçilar.

Marsdagi tuproqqa öxşaş tuproqda sabzavotlarni yetiştiriş tajribasi 2015 yil aprelida boşlangan, birinçi hosil oktabrda yiğib olingan. Ösimliklar issiqhona şaroitida doimiy haroratda yetiştiriladi, olimlar sabzavotlar Mars va Oyda taşqi ta'sirlardan, jumladan radiatsiyadan himoya qiliş zarurati tufayli şunday şaroitlarda yetiştirilişini közda tutişmoqda.

Birinçi tajribada sabzavotlarning köpçiligi nobud bölgan. 2-tajribada olimlar tuvaklar örniga lotoklardan foydalanişgan va tuproq içiga maydalangan yaşil ötni qöşişgan, u vaqt ötib oziqalarga boy kompostni hosil qilgan. "Mars tuproği" namunasi Gavayidagi vulqondan, "oy tuproği" esa Arizonadagi çöldan olingan.