Rossiyaning Inguşetiya va Çeçiniston hududlari çegarasida jurnalistlar va huquq himoyaçilariga qilingan hujum natijasida sakkiz kişi jabrlandi. Ulardan uç nafari şifoxonaga yotqizildi, deya xabar beradi «Interfaks». 

Inguşetiyadagi kasalxonaga olib kelinganlarning biri rossiyalik, qolgan ikki nafari xorijlik — şvetsiyalik va norvegiyalik jurnalistlar bölişgan. Ularning ahvoli yaxşi ekani aytilmoqda. 

Manbada yozilişiça, voqea Çeçiniston va Inguşetiya hududlarini ajratib turuvçi çegarada sodir bölgan. Niqob taqib olgan noma'lum şaxslar guruhi yoğoç tayoqlar bilan hujum qilgan va mikroavtobus hamda unga yölboşçi bölib kelayotgan Lada Priora maşinasini garovga olişgan.