AQŞ Davlat departamenti rahbari Jon Kerrining ma'lum qilişiça, amerikaliklar hukumati Suriya masalasida heç qaçon "B" rejasiga ega bölmagan. Bu haqda u CTV News efiri orqali jurnalist savoliga javob beriş vaqtida aytib ötgan.
"Demak, bizda heç qaçon Suriya masalasida "B" rejasi bölmagan. Odamlar asosiy reja muvaffaqiyatsizlikka uçrasa, zaxiradagi rejani işga tuşirişimizni taxminlar qilişmoqda. Lekin bular şunçaki taxmin", deydi Kerri.
Uning aytişiça, Suriyani qöllab-quvvatlaş böyiça xalqaro guruh vakillaridan heç kim mamlakatning bölinişi ehtimolini öylamaydi va bu ehtimolni muhokama qilmaydi.
"Biz Suriyani yaxlit holatda saqlab qolamiz. Bu davlatda kamçilikning huquqlari kafolatlanadi. Suriyaliklar kelgusidagi hukumatni saylaydi. Biz ayni vaqtda şunga erişiş uçun muzokaralar ötkazmoqdamiz", deydi Kerri.
Bundan oldinroq, Kerri Başar Asadning ketişi 2011 yildan buyon mamlakatda saqlanib qolayotgan beqaror vaziyatning önglanişi uçun yagona yöl ekanini aytib ötgandi.






