Oliy Majlis Senatining beşinçi yalpi majlisini ötkaziş töğrisidagi qaror bugun, ya'ni 2016 yil 9 mart kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining majlisida qabul qilingan.

Senatning yalpi majlisida mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining barça sohalarini izçil isloh qilişga hamda liberallaştirişga qaratilgan bir qator qonunlar, şu jumladan, «Parlament nazorati töğrisida»gi, «Buxgalteriya hisobi töğrisida»gi (yangi tahriri), ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonunlar, mamlakatning ayrim idoralari va muassasalari hisobotlari, şuningdek, Senatning prokuratura organlari faoliyatini nazorat qiluvçi komissiyasi tarkibi töğrisidagi masala körib çiqiladi, deb xabar beradi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.