Ozarbayjonlik yigit özining qalliğini 9 ta KamAZdan iborat töy korteji bilan hayratlantirdi. Qiz Lenkoran tumanidagi Şirinsu qişloğining aholisi kabi bölajak turmuş örtoğining bu tuhfasini munosib baholadi.

Toğ yöllaridan borayotgan bayramona bezatilgan yuk maşinalaridan iborat kortej videoga olinib,  YouTube’ga joylaştirildi. Bu rolik "KamAZ" kompaniyasida ham iliq qarşilandi.

Internetda xitga aylangan videoga köplab izohlar qoldirildi.

"Umringiz "KamAZ" kabi mustahkam va bardoşli bölsin. Baxtli böling!", deb tilak bildirib qoldilar foydalanuvçilar.

OAV ma'lumotlariga köra, bu fikr yuk maşinasi haydovçisi bölib işlaydigan kuyov Ilkinning özidan çiqqan. Maşinani tasmalar, bantçalar va yurakçalar bilan bezaşda unga döstlari va yaqinlari yordam berişdi.