Ukraina va Turkiya Qora dengiz avkatoriyasida xavfsizlik va himoyani kuçaytiriş uçun dengiz sanoatini birgalikda rivojlantiradi va bu yönaliş ikki davlat örtasidagi hamkorlikning muhim jihatlardan biri böladi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali.

Bu haqda "Ukroboronprom" konserni boş direktorining taşqi iqtisodiy faoliyat böyiça örinbosari Denis Gurak Turkey Defence Week 2015 anjumanida aytib ötdi.

Gurakning aytişiça, konsern Ukraina mudofaa-sanoat majmuasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilmoqçi.

"Ukroboronprom" davlat konsernining oydinlik va oçiqlik siyosati Ukraina mudofaa-sanoat majmuasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş va uni zamonaviy standartlarga mos rivojlantirişga qaratilgan. Eng avvalo, bu Ukraina qöşinlarini zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta'minlaydi", deb aytdi Gurak.