Pentagon AQŞ maxsus kuçlari IŞIDning kimyoviy qurol işlab çiqariş böyiça boş muhandisini qölga olganlarini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Pentagon bayonotida Sulaymon Dovud al-Afariy, şuningdek Abu Dovud ismi bilan ham ma'lum bölgan kimsa qölga olingani aytilgan. Ayni vaqtda u Iroq hukumati nazoratida qolmoqda.

Pentagonning ta'kidlaşiça, Abu Dovud IŞIDning kimyoviy qurollar obektlari va turli kimyoviy işlab çiqarişlari hamda bu tuzilmada işlovçi va unga aloqasi bor odamlar haqida batafsil ma'lumot bergan.