Şu yilning may oyida özining yakkaxon konsert dasturini taqdim etişga hozirlik körayotgan Şahzoda “Shov-shuv” saytiga intervyu berdi. Suhbatda xonanda yaqinlaşib kelayotgan konserti haqida, şaxsiy hayoti va faoliyatiga oid bir qança savollarga javob berdi. Uşbu intervyuni e'tiboringizga havola etamiz.
-Şahzoda, may sizning yangi yakkaxon konsertlaringiz bilan boşlanadi. Qaysi qöşiqlaringiz ommalaşişidan umidvorsiz?
-Xudo xohlasa, hammasi! (kuladi). Bu gapimdan öziga juda işonuvçan ekan deb öylamasliklarini istardim. Axir, umid qilişning nimasi yomon?! Çunki, har bir qöşiğimni muxlislarimga yoqişi uçun çin dildan sevib, yarataman!
-Jajji Xolid qöşiqlaringizni tinglayaptimi?
-Xolid hali qöşiqlarimni tinglaş yoşiga yetgani yöq. Biroq, u men töqigan ertaklarni tinglaşni xuş köradi. Eng qiziği, ayrim ertaklarni ona-bola ikkalamiz töqiymiz! Ertak voqealarini esa xeppi-end bilan tugatamiz! Axir, ertaklar – yaxşilikka yetaklar!
-Keçira olişda qançalar kuçlisiz? Keçira olmaydigan insonlaringiz ham bormi?
-Odatda, men xafa bölmayman. Şunçaki, xulosa qilaman. Qaçondir dilimni ranjitgan yo sotgan insonlar bilan esa aloqa qilişni töxtatganman. Va bu qoidamga amal qilaman. Men kimmanki, kimnidir keçirsam yo keçirmasam?! Hammasi Yaratganning qölida!
-Şahzodaning eng katta yutuği nimada?
-Eng katta yutuğim – oilam va farzandlarim.
-Turmuş örtoğingiz prodyuseringiz ham. Bu borada omadingiz çopgan. Uning er va prodyuser sifatidagi qaysi maslahatlariga qat'iy amal qilasiz?
-Barça maslahatlarini inobatga olaman. Har doim amin bölganman, u har qanday qarorda haq çiqqan!
-Yillar ötgan sayin nima eng muhimligini anglab boryapsiz?
-100 foiz holda mening oilam hamma narsadan muhimroq!
-Tuşlarga işonasizmi?
-Işonaman. Körgan tuşlarimni esa heç kimga aytmayman.
-Yana farzand körişni istaysizmi? Deylik, şirin qizaloq...
-Albatta! Xudo xohlasa!
-Bir kuni sahnani qanday tark etişingiz haqida öylab körganmisiz?
-Bu haqda har kun öylayman. Men ijodni yöqotişdan qörqmayman. Muhimi, xalq işonçini yöqotmaslik! Sahnaning bağri keng. Mendan oldin qançasi kelib-ketgan. Mendan keyin yana qançasi keladi. Sahnaga munosib böliş va uni munosib tarzda tark etiş – haqiqiy san'atkorga xoslik deb öylayman!
-Javoblaringizdan donolik ufurmoqda...
-Aql xato va sinovlardan iroda ila munosib ötilgandan keyin çarxlanadi!
-Qaysi qöşiqlaringizni jonli kuylay olasiz?
-Men jonli kuylay olişimga közim yetmaydigan qöşiqlar ijro etmayman!
-Lola, Rayhon, Şahzoda. Ular birgalikda qöşiq kuylaşi mumkinmi?
-Yöq! (Jilmayadi).
-Rumiy, Navoiy, Gyote, Ğazzoliy. Ulardan qay birining ijodi bilan tanişsiz?
-Ular safida bölmagan boşqa bir donişmand ijodidan köproq boxabarman. Oşoning dono fikrlari meni qattiq ta'sirlantiradi. Navoiyning “Farhod va Şirin”, “Layli va Majnun” kabi asarlarini bir neça marta mutolaa qilganman. Yaşirmayman, Rumiyga sizning “instagram”da joylaştirayotgan postlaringizdan keyin qiziqişim ortdi.
-Qaçon yana kinoda suratga tuşasiz?
-Yaqinda!
-Ijtimoiy tarmoqlarda negativ izoh qoldiruvçilar ham yetarli. Ularga bu salbiy urinişlardan xalos bölişlari uçun qanday maslahat berasiz?
-Qalbda qahr, alam va hasadni uşlaş xavflidir. Çunki, ular qançalar yaqin ekan, sening hayotingga ham salbiy ta'sirini körsatadi. Birovning yutuqlarini köra olmaslik va bundan aççiqlaniş insoniy xislatlarning duşmanidir! Şaxsan men uçun baxtiyor insonlar öz hayotlari bilan maşğul bölganlaridir.
-Sizningça, şou-biznesning gullaşi uçun nima yetmayapti?
-Juda qiyin savol. Bir-ikki sabablar körsatiş bilan aniq javob berib bölmaydi!
-Ajoyib teleboşlovçisiz. “MY5” yangi qirrangizni kaşf etdi. Savollarni özingiz tuzasizmi?
-Albatta, muharrirning ham öz örni bor. Biroq, suhbat qay tarzda keçişini oldindan rejalaştirib bölmaydi. Körsatuvning umumiy konsepsiyaga rioya qilamiz. Biroq, savollar suhbat davomida tuğiladi. Suhbatdoşlarim – bolajonlar. Ular bilan dillaşiş maroqli. Çunki, ular aldamaydi!
-Bu yilgi “Oskar”ni Planetamizdagi millionlab kinomuxlislar intiq kutgani rost. DiKaprio uçun! Siz ham uning ğolib bölişini kutdingizmi?
-Meni uning “aşaddiy” muxlisi emasman. Biroq, unga “oltin ritsar” topşirilgani meni ham köpçilik qatori befarq qoldirmadi. Xursand böldim.
-“Tirik qolgan”ni tomoşa qilgan bölsangiz kerak. U nima berdi sizga?
-Hayotning qadriga yetmoq darkor! Axir, Alloh heç bir bandasini uning imkoniyati yetmaydigan, çorasiz vaziyatga taşlab qöymaydi!
-Tongni qay tarzda qarşi olasiz?
-Şukrona bilan! Ha, heç ham bir izhorni aytişdan çarçamayman: “Yaratganga şukr”!







