Muxtaram Prezidentimizning 2014 yil 6 fevral kungi 2124-sonli “Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” gi Qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida 12 mart kuni Ellikqal'a tumanidagi 18-son Bolalar musiqa va san'ati maktabida “Yoşlarga tadbirkorlik könikmalarini şakllantirişga kömaklaşiş va ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etiş” masalalariga bağişlangan “Hokim va yoşlar” uçraşuvi ötkazildi. Uçraşuvda Tuman Hokimi, Qorqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, Kamolot YoIH tuman Vasiylik Kengaşi raisi N.M.Xudaybergenov tumandagi örta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvçilari bilan uçraşuv ötkazdi. Uçraşuvda Xotin-qizlar qömitasi, “Kamolot” YoIH tuman Kengaşi, tuman Davlat Soliq inspeksiyasi, “Yagona darça” markazi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman bölinmasi, tuman tijorat banklari vakillari, mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, akademik litsey, kasb-xunar kollejlari raxbarlari hamda tadbirkorlik sub'yektlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnaşdilar.
“Hokim va yoşlar” uçraşuvida tumanda 2015-2016 öquv yilida bitiruvçilarning bandligini ta'minlaş, ularga tadbirkorlik faoliyatini boşlaş uçun zarur kreditlar ajratilişi, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş orqali yangi iş örinlarini yaratiş borasida olib borilayotgan işlar atrofliça muhokama etildi.
Tadbirda Ellikqal'a maişiy xizmat kasb-hunar kolleji bitiruvçisi maişiy xizmat sohasi uçun 260,0 mln söm kredit asosida öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöygan D.Atavullayev, Ellikqal'a qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji bitiruvçisi qoramolçilikni rivojlantiriş böyiça 80,0 mln söm miqdorda kredit olib öz faoliyatini yölga qöygan Z. Rajapbayeva, “Mahallaning eng orasta qizlari” tanlovining Respublika bosqiçi ğolibasi S.Saparbayevalar sözga çiqib, bugungi kundagi yoşlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va şart-şaroitlar xususida alohida töxtalib ötdi.
Uçraşuvda oçiq muloqot tarzida ötkazilib, bitiruvçilar öz savollariga tumandagi taşkilot raxbarlari va tegişli mutaxassislaridan töliq javob oldilar. Taşkilotçilar tomonidan bu kabi uçraşuvlarni yil davomida muntazam ötkazib boriş rejalaştirilgan.
Oybek Atadjanov
Kun.Uz uçun maxsus
Ellikqal'a tumanidan.






