Farğona viloyatining Özbekiston tumanida yaşovçi Anvar Raimov özining sobiq raqifasi va uning onasini öldirgani uçun uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda Farğona viloyati hokimiyati saytida ma'lum qilindi.
Qayd etilişiça, erkakning öz farzandiga aliment tölaşni istamagani sabab qotillikka qöl urgan. Qotil jinoyat quroli sifatida boltadan foydalanib, qurbonlarga bir neçta ölimga olib keluvçi jarohatlar yetkazgan.
"2015 yil 22 oktabrda Raimov sud ijroçilaridan aliment tölaşi zarurligi haqida xabarnoma olgandan keyin ğazabga kelgan va pul berişni istamagani uçun sobiq rafiqasi va qaynonasini öldirgan", deyilmoqda xabarda. Öşa paytda Raimov tölaşi kerak bölgan aliment miqdori 6 mln sömni taşkil qilgan.
Raimov, şuningdek, sobiq rafiqasining uyida bölgan yana ikki erkakka bir neçta yengil jarohatlar yetkazgan. Erkaklar jinoyatçini boğlab qöyişga muvaffaq bölişgan.






