“Real Madrid”ning sobiq boş murabbiyi Karlo Ançelotti “Barselona” hujumçisi Lionel Messini qanday qilib töxtatiş mumkinligini tahlil qildi.

“Messini qöriqlaş uçun alohida öyinçi biriktirib qöyiş juda qiyin. Messini töxtatiş uçun u öyinçi juda yuqori saviyada öynaşi kerak. Messini töxtatişning eng yaxşi usuli – jamoa bölib harakat qiliş va çiziqlar orasidagi masofani qisqartiriş. Maydon markazini köp sonli futbolçilar bilan töldiriş orqali “Barselona”ga öz uslubida harakat qilişga yöl qöymaslik. Bu Messining imkoniyatlarini kamaytirib, unga kamroq töp borişini ta'minlaydi.

Yana bir muhim vazifa – uni qanotning özida töxtatişga harakat qiliş kerak. Bordiyu u markazga kira olsa özining çap oyoği bilan zarba bera oladi. Bularni barçasini amalga oşirib boşqa muammoga duç kelasiz: “Barselona”da boşqa ustunliklar ham bor. Faqatgina Messini töxtatiş bilan şuğullansangiz xavf boşqa futbolçilar tomonidan kelişi mumkin. Mening xulosam şunday: bordiyu Messi 100 foiz tayyor bölsa, uni töxtatib qolişning imkoni yöq. Bunday vaziyatda murabbiy ham, taktika ham, himoyaviy strategiya ham yordam bera olmaydi”, – deb fikr bildirdi Ançelotti.