Joriy yilning 1-6 mart kunlari Kiprning Protaras şahrida matematika fani böyiça “SEEMOUS” öninçi xalqaro olimpiadasi ötkazildi. Unda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti jamoasi ikkita oltin medalni qölga kiritdi.

Kipr ta'lim va madaniyat vazirligi, matematika jamiyati hamda Janubi-Şarqiy Yevropa matematika jamiyati tomonidan taşkil etilgan mazkur intellektual bellaşuvda yigirmadan ortiq mamlakatdan 43 universitet jamoasining 150dan ziyod iqtidorli talabalari iştirok etdi, deb xabar beradi ÖzA.

Tanlovda qatnaşgan Özbekiston Milliy universitetining mexanika-matematika fakulteti 2-kurs talabalari Hakimboy Egamberganov va Şohruh Ibrohimov bittadan oltin medal, Mirmuhsin Mahmudov maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Özbekiston milliy universitetida bölib ötgan ğoliblarni taqdirlaş tadbirida ğolib va sovrindorlarga diplomlar topşirildi.