Özbekistonda xizmat körsatgan artist, söz ustasi Mirzabek Xolmedov oxirgi paytlarda köp tanqid qilinayotgan qiziqçilar baçkanaligi haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi.

“Qiziqçining hangomasini oila davrasida köra olmaydi-yu, lekin bolasining xulqi buzilişi uçun özi qöliga telefon tutqazadi. Qiziqçiga baçkana degan tamğani qöyayotganlar, uning hangomasidan çöçiyotganlar bolasiga internetning nojöya ta'sirini çeklasin. Bugun hamma odam qiziqçini tanqid qilişga usta”, deydi qiziqçi “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida.

Şuningdek, Mirzabek Holmedov yoş qiziqçilar jamoasi haqida gapirib, jurnalistning “ularning ijodini kuzatasizmi”, degan savoliga “Albatta, kuzataman. Barçasi hurmatimni qilib, “ustoz” deb murojaat etişadi. Mana, “Million”çilar ozgina çegaradan çiqişgandi tanqidga uçraşdi. “Million”çilar birinçi konsertini qöyganida “Hay-hay közlaringga qaralaring”, deb ogohlantirdim. Lekin bu bilan ular uddalay olişmadi, degan fikrdan yiroqman”, deb javob bergan.