Özbekiston yozuvçilari uyuşmasi a'zosi, şoir va adib Muhammad Ismoil 13 mart kuni 52 yoşga töladi. Şu munosabat bilan 13 mart kuni soat 17.00 “Akord” restoranida (“Vatan” kinoteatri yonidagi) şoir tavalludi munosabati bilan ijodiy keça ötkaziladi. Unda şoir-yozuvçilar, adabiyotşunoslar va estrada xonandalarining iştirok etişi kutilmoqda.

Ma'lumot: Muhammad Ismoil 1964 yilining 13 martida Sirdaryo viloyatining Xovos qörğonida tuğilgan. 1981 – 1986 yillarda hozirgi ÖzMU jurnalistika fakultetida tahsil olgan.

Ilk şe'riy töplami “Tazarru saodati” 1991 yil çop etilgan. Şundan söng “Tasavvur çiziqlari” (1998), “Köngil mulkiga safar” (2001), “Sahroyi gullar” (2001), “Siz hamon öşasiz” (2003), “Sizni sevmay böladimi” (2005), “Bahorning eng sönggi lolasi” (2006), “Çiroylisan, tengi yöq” (2006), “Köksimni kuydirgan alanga” (2008), “Osmon töla orzular” (2011) kitoblari çop etilgan. Adibning hikoyalari asosida “Luçezarnaya” (2011) kitobi rus tilida naşrdan çiqqan. Muhammad Ismoil asarlari asosida “Izğirinli kunlarning biri”, “Qismat”, “Oy çiqmagan oqşom”, “Yangi oy çiqqan keça”, “Mohinur”, “Atirgul”, “Baloğat bekati”, “Yulduzsiz osmon” "Qalbim ardoği" kabi videofilmlar ekranlaştirilgan.