AQŞlik Bredi Keyl ismli töqqiz yaşar bola beysbol jamoasida bir öynovçi va saratonga çalinib qolgan döstining davolanişi uçun çin yurakdan mehnat qilmoqda. Bred dösti Lenden Peletinoning oğir dard bilan oğriganini bilib qolgani hamono uni davolanişi uçun pul yiğa boşladi.
— Menda ökplab beysbol kartoçkalari bor va men ularni xayirli işga sarflamoqçiman, — dedi Bredi.
Yoş sportçi bu kartoçkalarni yillar davomida yiğib kelgan edi. Ularning ayrimlarida maşhur beysbolçilarning dastxati ham tuşirilgan. U kolleksiyasidagi 500 dona kam uçrovçi kartoçkani sotib, undan tuşadigan 7000 dollarni döstining oilasiga berişni rejalaştirgan.
— Men öğlimning qilayotgan işidan juda hayratga tuşdim. Bunga işoniş qiyin. Men uni qöllab-quvvatlayman, — dedi Bredining onasi Jesi Keyl.






