Barselona” futbol klubi sardori Andres Inesta "Xetafe"ga qarşi uçraşuv natijasi (6:0) va Çempionlar Ligasida "Arsenal" bilan javob uçraşuvidan oldin öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

"Bunday darajada mağlubiyatsiz 37 ta uçraşuv – aqlbovar qilmas natija. Biz uç oçko oldik va öz maqsadimizga yana bir öyinga yaqinlaşdik. Bilaman, hali heç narsa hal bölmagan, biroq biz Kubok finalidamiz, çempionlikni qölga kiritişga yaqinmiz va Çempionlar Ligasida kuraşni davom ettirmoqdamiz.

"Arsenal" bilan javob uçraşuvidan oldin bizda qulay natija bor. Biroq "Arsenal" xavfli va 2:0 hisobi yanada xavfliroq bölişi mumkin. Biz "Arsenal"ni juda hurmat qilamiz", deb aytdi Inesta.