Angliya kubogining çorakfinalida "Everton" öz maydonida 2:0 hisobida "Çelsi"ni mağlubiyatga uçratdi va musobaqaning yarimfinaliga yöl oldi. 2-bölimda "irisçalar" safida "Çelsi"ning sobiq hujumçisi Romelu Lukaku dubl amalga oşirdi. Belgiyalik futbolçi 77- va 82-daqiqalarda öz hisobiga gol yozib qöydi.
Uçraşuvda ikkala jamoaning ham bittadan öyinçisi maydondan çetlatildi. Avval londonliklar hujumçisi Diyego Kosta uçraşuvning 84-daqiqasida raqibi Garet Barri bilan töqnaşuvda uning böynidan tişlagani uçun qizil kartoçka olib, maydonni tark etdi. 3 daqiqa ötib "jabrdiyda" Barrining özi ham ikkinçi sariq kartoçka uçun maydondan çetlatildi.
Endi Roberto Martines şogirdlari yarimfinalda 13 martda "Old Trafford" stadionida bölib ötadigan "Mançester Yunayted" — "Vest Xem" juftligi ğolibi bilan uçraşadi.
Angliya kubogi. Çorakfinal
Everton – Çelsi – 2:0
Gollar: Lukaku, 77 (1:0); Lukaku, 82 (2:0).
Ogohlantirişlar: Djagelka, 42; Barri, 84 – Kosta, 11; Fabregas, 62.
Çetlatiş: Barri, 87 – Kosta, 84.






