“Barselona” boş murabbiyi Luis Enrike Ispaniya çempionatining 29-turida "Xetafe"ga qarşi uçraşuvdan keyin öz fikrlari bilan bölişdi. Uçraşuv 6:0 hisobida "Barsa" hisobiga yakunlandi. Uçraşuvda Luis Suares iştirok etmadi.

"Bizning deyarli barça öyinçilarimiz jarohatlardan xalos böldi va safga qaytdi. Bu jamoamizdagi raqobat uçun ijobiy holat. Bizning jamoa ajoyib oraliqni ötkazmoqda.

Biz öyinga jiddiy yondaşdik, yaxşi sur'atda, aniq öynadik va töpni tez harakatlantirdik.

Suares? Men "Barselona" murabbiyiman va u bugun öynamasligiga qaror qildim. “Barselona"ga murabbiylik qiliş ajablanarli: kimdir öynamasa, nima uçun, deb söraşadi, öynasa esa dam bersa bölardiku, deyişadi. Suaresni sotib olganimizda, hamma mendan "nega sotib olding", deb sörardi. Keyin esa nima uçun u bunçalik köp öynaydi va dam olmaydi, deb söraşni boşlaşdi. Endi esa, nima uçun zaxirada ötiribdi, deb söraşmoqda. Suares 850 ming daqiqa öynadi va biz unga dam berişga qaror qildik", deb aytdi Enrike.