Nijniy Novgorodda futbol böyiça 2018 yilgi jahon çempionati uçun stadion qurayotgan kompaniya işçilari işga çiqişdan boş tortişmoqda. Nijniy Novgorod şahar portali ma'lum qilişiça, 250 dan köproq işçining işga çiqişdan boş tortayotganiga ularning öz maoşlarini vaqtida ololmayotganlari sabab bölgan.
Portal ma'lumotlariga köra, Turkiyaning "Ma-Na Stroy" xodimlari sanaluvçi 250 nafar özbek va 10-15 tojik ayni vaqtda ikki oylik maoşini ololmayapti. Kelişuvga köra, iş beruvçi ularga maoşni 30 kundan keçiktirmay tölaşi kerak.
12 martda qurilişning boş pudratçisi "Stroytransgaz" vakili Aleksandr Batuyev kompaniya pudratçilar bilan töliq hajmda hisob-kitob qilganini aytgan."Biz vaziyatni öz nazoratimizga oldik va umid qilamizki, muammo yaqin orada hal böladi", deb aytdi Batuyev.






