Yevropa çempionlar ligasining nimçorak finali, javob uçraşuvlari doirasidagi «Barselona» – «Arsenal» bahsini boşqarib boriş uçun rossiyalik hakamlar brigadasi tayinlandi.

16 mart kuni bölib ötadigan bu öyinda Sergey Karasev boş hakam sifatida xizmat qiladi. Unga qanotlarda Anton Averyanov va Tixon Kalugin yordam beradi. Darvozalar ortida esa Sergey Lapoçkin va Sergey Ivanov işlaydi, zaxira hakami Nikolay Golubev.

Eslatib ötamiz, 24 fevral kuni Londonda ötkazilgan dastlabki uçraşuv kataloniyaliklarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangandi.