Janubiy afrikalik bolakay notabiiy uzun til bilan tuğilgan edi. Til şu qadar uzun ediki, u öz oğzini yopa olmas va heç narsa yeya olmay qolgandi.
Şundan söng, bolakay operatsiyani boşdan ötkazdi va uning tili me'yoriy hajmda qisqartirildi.
Afsuski, bu uning oğzi bilan boğliq yagona muammo bölmadi. Biroz vaqt ötgaç, bolaning ota-onasi uning ostki labi pastga qarab ösa boşlaganini payqab qolişdi. Ular til jarrohlik orqali töğirlanganligi sababli, labni öz holiga qaytişiga umid qilişgan edi. Biroq 3 yoşli bolakayning pastki labi borgan sari ösib, natijada u ovqat tanovul qilişda qiyinçilik tuğdira boşladi.
Ota-onalarning aytişiça, mutaxassislar bolaning tili va labidagi qon tomirlarining yurişida tuğma nuqson borligini aniqlaşdi.
Bolaning otasi Tembisadagi (Ekurxuleni şahri) restoranda işlaydi va unda qimmat jarrohlik operatsiyasini ötkaziş imkoniyati yöq.







