Madriddagi xususiy uylardan biridan ekspressionist rassom Frensis Bekon ijodiga mansub, umumiy qiymati 30 mln yevroni taşkil qiladigan 5ta surat öğirlab ketildi. Bu haqda El Pais naşri xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, irlandiyalik rassomning suratlari ötgan yilning iyunida öğirlab ketilgan. Uşbu jinoyat böyiça tergov hanuzgaça davom etmoqda. Manbalarning ma'lum qilişiça, suratlar egasi 59 yoşli erkak bölib, u Madridda 1992 yilda vafot etgan rassomning dösti bölgan.

Öz navbatida ekspertlar öğrilar qöliga qanday suratlar tuşgan bölişiga qaramasdan, ularni sotiş muşkul bölişini aytmoqdalar. Huquq-tartibot muassasalari ma'lumotlariga köra, öğirlangan suratlar mamlakat taşqarisiga olib çiqib ketilmagan.