Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning ma'lum qilişiça, Isroil "oltilik" davlatlarini ballistik raketalar sinovini ötkazgani uçun Eronni jazolaşga çaqiradi. Bu haqda u hukumatning yillik yiğilişi çoğida ma'lum qilgan.
"Bunday bölişi töğri emas. Ballistik raketalarni sinovdan ötkazgani uçun Eron tegişliça jazosini olişi kerak", deydi Netanyahu.
Uning aytişiça, Isroil TIV jahonning yirik davlatlariga Eronning yadroviy kelişuv böyiça zimmasiga olgan majburiyatlari bajarilişi ta'minlanişini sörab murojaat qiladi. Uning aytişiça, Eron bu sinovlar orqali BMT Xavfsizlik kengaşining rezolyutsiyasiga zid iş qildi. U "Katta oltilik"ning bu böyiça munosabatini sabrsizlik bilan kutişini bildirgan.
Bundan oldin ham Isroil TIV xalqaro hamjamiyatdan Eron tomonidan ballistik raketalarning sinovdan ötkazilişiga qarşilik körsatişni söragandi.
"Bu raketalarning ta'sir qiliş masofasi Yaqin Şarq va Isroil uçun tahdidli hisoblanadi", deyilgandi TIV bayonotida.
9 mart kuni Eron harbiy öquv maşqlari doirasida ballistik raketalarni bir neça marta sinov tariqasida uçirib körgandi.






