Qirğizistonning Qoraköl şahridagi (Issiqköl viloyatining ma'muriy markazi) ölkaşunoslik muzeyida 1978 yilda tasodifan topib olingan, 38 ming yillik mamont dandon tişi va oddiy tişlari saqlanadi. Bu haqda muzeyning ilmiy xodimi Burul Sulaymanova "Sputnik Kyrgyzstan" naşri muxbiriga ma'lum qildi.
10 martda mahalliy aholi Jyerğalan daryosidan 30 metr narida "Otradnoye" qişloği hududida jarlik devorida mamontga öxşaş qadimiy hayvonning suyaklarini topişgan. Bu joy Qoraköldan taxminan 25 km uzoqlikda joylaşgan.
"Bu suyaklar 1978 yilda Oq-Bulun kişloği yaqinida Jyerğalan daryosi böyida quriliş taşkiloti tomonidan topilgan. Taxminan, bu hududda bir neça mamontning suyaklari bölgan bölişi mumkin, biroq muzey eksponati sifatida faqat şu suyaklarnigina saqlab qolişga muvaffaq bölingan", deb aytdi Sulaymanova.
Sulaymanova topilgan suyaklar ötgan asrning 70-yillarida olimlar topa olmagan paleontologik obektlar toifasiga tegişli ekanini taxmin qildi.
Suyaklar topilgan joy tösib qöyildi, obekt huquq-tartibot muassasalari xodimlari tomonidan qöriqlanmoqda. Issiqqöl viloyati muxtor vakili Asxat Akibayev qazilma işlari va suyaklarning örganilişi jarayonini öz nazoratiga oldi.






