Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasi 13 mart kuni Anqara şahrida yuz bergan terakt oqibatida jarohatlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari mavjudligi töğrisidagi ma'lumotga ega emas. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligining axborot xizmati xabar qiladi.

"14 mart holatiga köra, Özbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi elçixonasi 13 mart kuni Anqara şahrida yuz bergan terakt oqibatida jarohatlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari mavjudligi töğrisidagi ma'lumotga ega emas", deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 13 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:43da, Anqaraning Qiziloy tumanidagi avtobus bekatlarining birida, mamlakat boş vaziriga qaraşli ofis yaqinida, odamlar eng gavjum vaqtida terakt sodir etildi. Minalaştirilgan avtomobil odamlar mingan ikki avtobus örtasida portlatilgan. Turkiya Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra, hozirga qadar 37 kişi hayotdan köz yumgan, 125 kişi jarohat olgan, 71 kişi kasalxonalarda qolmoqda.