Zimbabvedagi Mana-Puls milliy boği xizmatçilari ikki italiyalik — ota va öğilni brakonerlar deb öylab, öldirib qöyişdi. Bu haqda Il Mattino di Padova xabar bermoqda.

Italiya TIVda ikki italiyalikning nobud bölgani haqidagi xabarni tasdiqlaşdi. Ayni damda voqeaning asl mohiyati hali töliq ravişda oçilmagan.

Italiyaning Paduya şahrida yaşovçi Klaudio Kyarelli va uning öğli Massimiliano Zimbabveda uzoq vaqtdan beri yaşab kelişgan. Naşrning ma'lum qilişiça, ular professional gidlar bölişgan. Şuningdek, brakonerlarga qarşi kuraşga yordam berişgan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, aynan ana şunday operatsiyalardan birida, ota-öğilni brakonerlarga öxşatişgan va otib qöyişgan.