Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibining qizi Liza Peskova Instagramdagi sahifasida mamlakatdagi ta'lim tizimini isloh qiliş lozim, deb ma'lum qildi.

Uning fikriça, maktabda öqiş davomida olingan ortiqça ma'lumotlar imtihondan söng kerak bölmay qoladi.

Davlat ta'lim standartlari öta oğir, öquvçi-talabalarni toliqtiradi va aksariyati, umuman nokerak fanlar va mavzulardan iborat. Imtihon savollari esa dohiylar uçun tuzilgan, şuning uçun hamma tayyor javoblarni topişga yoki sotib olişga harakat qiladi, deb hisoblaydi u.

Rossiyada öqitiş tizimi töğrisida nolir ekan, Liza Fransiya ta'lim tizimini namuna sifatida körsatdi, deb xabar beradi “Mel” naşri.

18 yoşli Liza Peskova 2015 yilda otasi – RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov – va olimpiya çempioni Tatyana Navkaning nikoh töyi munosabati bilan OAVga bergan qator intervyulari orqali el oğziga tuşgan edi.

Avvalroq Liza otasi uning MDUda öqib, Rossiyada yaşaşini xohlasa ham, uning özi Parijni orzu qilişini ma'lum qilgandi.