Qozoğiston sobiq boş vaziri Serik Axmetovga nisbatan çiqarilgan 10 yillik jazo muddati, 8 yilga qisqartirildi. Bu haqda “Novosti-Kazaxstan” agentligi xabar bermoqda.
Mazkur qaror Qarağanda viloyati sudining apellyatsiya kengaşi tomonidan qabul qilingan.
“Axmetov tomonidan 2 mlrd 254 mln 707 tanga (6,5 mln dollar) miqdorida keltirilgan zarar qoplangandan söng, kengaş unga çiqarilgan hukmni yumşatiş kerak deb topdi”, — dedi kengaş raisi Raşid Nurmagambetov.
Siyosatçining advokati ma'lum qilişiça, Axmetov öz qilmişiga iqror bölgan.
Ma'lumot uçun, Qozoğistonning sobiq boş vaziri Serik Axmetov korrupsiyada ayblanib, 2015 yilning dekabr oyida qölga olingan edi. U hukumatni 2012 yilning sentabr oyidan 2014 yilning aprel oyiga qadar boşqargandi.






