Kremlda Rossiya harbiy kontingentining Suriyadan olib çiqilişi mamlakat prezidenti Putinning qarori ekani, bu qaror muzokaralar natijasi emasligi aytildi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

"Bu oliy boş qömondon hisoblanadigan Rossiya prezidentining Suriyadagi kontingent faoliyati yakunlari böyiça qabul qilgan qarori. Ya'ni, erişilgan natijalardan kelib çiqib, prezident qöyilgan asosiy maqsad umuman olganda bajarilgani töğrisidagi xulosaga keldi. Şuning uçun Suriyadan çiqiş qarori qabul qilindi. Bu qaror muzokaralar çoğida qilingan muhokamaning bir qismi emas", — deya ta'kidlagan Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

U şuningdek, Moskva Suriya rahbari Başar Asadga Rossiya aviaguruhining olib ketilişi böyiça bosim ötkazmaganini bildirgan.

Putin Rossiya qöşinlarini Suriyadan olib çiqişni boşlaşga buyruq berdi

Xmeymimdagi bazadan Rossiya HKK samolyotlarining ilk guruhi olib ketildi