Moskva janubida Örta Osiyo respublikalaridan borgan 50 nafar atrofidagi mehnat muhojirlari iştirokida ommaviy muştlaşuv bölib ötdi. Bu haqda Rossiya IIVga asoslangan holda Interfaks xabar bergan.
Ma'lum qilinişiça, şaharning Kavkaz xiyobonidagi 58 uy oldida 14 mart kuni ikki guruh örtasida tuşunmovçilik natijasida janjal çiqqan.
"Aniqlanişiça, bu odamlar maişiy masala tufayli janjallaşişgan", deydi huquq-tartibot organlari xodimlaridan biri. Uning aytişiça, janjal iştirokçilaridan 2 nafariga miya çayqalişi taşxisi qöyilgan.
Politsiya voqea joyida 28 kişini qölga olgan. Ular politsiya mahkamasiga olib ketilgan.
15 fevral kuni ham Moskva yaqinida Rossiyaning turli hududlaridan kelgan işçilar va Özbekiston hamda Tojikiston fuqarolari bölgan boşqa işçilar guruhi örtasida ommaviy muştlaşuv bölib ötgan, bir-biriga piçoqlar va bolğalar bilan hujum qilgan bu kişilardan 28 nafari hibsga olingandi.






