Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 19 fevraldagi «2016 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida»gi qarori ijrosi yuzasidan Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi tomonidan ma'naviy-ma'rifiy uçraşuvlar, jonli suhbat va muloqotlar, tarğibot-taşviqot tadbirlari taşkil etilmoqda.
«Navröz – şukronalik va ezgulik ayyomi», «Navröz – yangilaniş va poklaniş bayrami», «Xuş kelding, Navrözi olam!», «Navrözing muborak, ey ona Vatan!», «Navröz – eng ardoqli, asl milliy bayramimiz» kabi mavzularda ötkazilayotgan tadbirlarda olimlar, madaniyat, adabiyot va san'at namoyandalari, mutasaddi hodimlar va yoşlar iştirok etdi.
Jumladan, Namangan viloyatida Navröz umumxalq bayramiga bağişlab ötkazilayotgan ma'naviy-ma'rifiy uçraşuvlar, jonli suhbat va muloqotlar, tarğibot-taşviqot tadbirlarida Respublika Ma'naviyat tarğibot markazining viloyat, şahar va tumanlar bölimlari rahbar va xodimlari faol iştirok etib, tadbirlarni yuqori saviyada ötkazilişini ta'minlaş çoralarini körmoqda.
Bayramoldi uçraşuvlari, tarğibot-taşviqot tadbirlari joylarda reja asosida davom ettirilmoqda.







