Anqarada terakt sodir etgan terrorçi-hudkuşlardan biri, talaba qiz Sahar Çoğla Demirning oila a'zolari Turkiya hukumati tomonidan hisbga olindi. Bu haqda NTV telekanaliga asoslangan holda RIA Novosti xabar berdi.
Bundan oldinroq, Turkiya hukumati voqea joyidagi jasadlardan birining barmoq izlariga asoslangan holda terakt ijroçilaridan birining şaxsini aniqlagandi. Unga köra, avtobus oldida portlatilgan maşinada bölganlardan biri 23 yoşli talaba Sahar Çoğla Demir Kurdiston işçilar partiyasi a'zosi ekani ma'lum qilingan. U terrorçilik tarğiboti bilan şuğullangani tufayli bir neça bor sudga tortilgan, ammo sud qizga qaror çiqarişga ulgurmagan.
Portlaş 13 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:43da, Anqaraning Qiziloy tumanidagi avtobus bekatlarining birida, mamlakat boş vaziriga qaraşli ofis yaqinida, odamlar eng gavjum vaqtda sodir etilgan. Minalaştirilgan avtomobil odamlar mingan ikki avtobus örtasida portlatilgan.
Turkiya Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra, hozirga qadar 37 kişi hayotdan köz yumgan, 125 kişi jarohat olgan, 71 kişi kasalxonalarda qolmoqda.
Anqara terakti ijroçilaridan biri KIP a'zosi bölgani aniqlandi






