AQŞ prezidenti Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali boğlanib, Suriyadagi vaziyat haqida gaplaşdi. Bu haqda Kreml saytida xabar qilingan.

"Davlat rahbarlari Rossiya va AQŞning bu ölkada harbiy harakatlar töxtatilişi böyiça kelişuvi natijalari böyiça fikrlar almaşişdi", deyiladi xabarda.

Putin Obamani Rossiya Harbiy-havo kuçlari Suriyada xalqaro terrorizmga qarşi kuraşdagi vazifasini ado etgani hamda endi bu mamlakatdan aviaguruhning asosiy qismi olib çiqib ketilişidan xabardor qilgan.

Tomonlar BMT Xavfsizlik kengaşining Suriya zaminida qon tökilişini kamaytirişni nazarda tutadigan 2268 raqamli rezolyutsiyasini qöllab-quvvatlaşi bildirilgan.

Şuningdek, AQŞ va Rossiya terrorçilikka qarşi kuraşdagi harakatlarini muvofiqlaştirgan holda olib borişi samarali bölişi ta'kidlangan.

Eslatib ötamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vaziri Sergey Şoyguga 15 martdan boşlab Suridan harbiy qöşinlarining asosiy qismini olib çiqiş haqida buyruq berdi.

Rossiya Suriyadagi harbiy operatsiyalarda 2015 yilning 30 sentabridan beri iştirok etib kelmoqda. Rus samolyotlari Suriya hukumat qöşinlari körsatgan marralarni bombardimon qildi. Bundan taşqari, Rossiya suvosti kemalari va kemalardan zarbalar berdi.

Şoygu ötkazilgan operatsiyalar davomida rossiyalik harbiylar 2000 nafarga yaqin terrorçini yöq qilganini ma'lum qilgan. Syrian Observatory for Human Rights kuzatuvçilarining ma'lumotiga köra, Rossiyaning bombardimonlari natijasida 1700 nafar tinç aholi vakili nobud bölgan.