"Özvinsanoat-xolding" xolding kompaniyasi eksportni oşiriş uçun işlab çiqilgan yangi çoralar hisobiga meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini xorijga sotiş hajmini 100 mln dollardan köproqqaça oşiradi, deb ma'lum qildi “Sputnik Uzbekistan” naşri muxbiriga kompaniyaning taşqi iqtisodiy faoliyati va marketing boşqarmasi boşliği Adolat Vostrikova.

Uning aytişiça, xolding negizida 2015 yilning oxirida turli viloyatlarda barra meva-sabzavot va uzum mahsuloti yetiştiriş bilan şuğullanuvçi 42 ta agrofirma yaratilgan. Bugunda bu agrofirmalar 12 mingta fermer xöjaliklari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

“Agrofirmalarning asosiy faoliyati yönalişi uzumzorlarni tiklaş, rekonstruksiya qiliş va yangilarini yaratişdan iborat. Bu bizga köproq hosil oliş va eksportni oşirişga imkon beradi. Bu yil biz 19,6 ming gektar yangi uzumzorga asos soldik. Bunda fermerlarga köçat sotib oliş hamda maxsus texnika bilan yordam berildi. Uzumzorlarning umumiy maydoni 99,6 ming gektargaça yetkazildi”, deb aytdi Vostrikova.

Vostrikovaning aytişiça, Özbekiston Markaziy Osiyo hududida barra sabzavot, meva va uzumlar yetiştiruvçi eng yirik işlab çiqaruvçi va ularni qayta işlovçi hisoblanadi.

Mutaxassisning aytişiça, uzumzorlar qatorlari orasidagi böş yerlarda boşqa meva va sabzavotlar ekiş rejalaştirilmoqda, bu yanada köproq hosil olişga imkon beradi.

Bugungi kunda fermerlar hosilni saqlaşda muammolarga duç kelmoqdalar. Agrofirmalar ularga bu mahsulotlarni sifatli saqlaş imkonini beradi. Buning uçun agrofirmalarda muzlatgiç kameralari va refrijyeratorlar bilan jihozlangan omborlar mavjud. Bu nafaqat mahsulotni sifatli saqlaşga, balki yil böyi u bilan bir maromda ta'minlaşga imkon beradi.

“Özvinsanoat-xolding” kompaniyasi Özbekiston agrosanoat majmuasi tarkibiga kiradi va mamlakatdagi barça spirtli içimliklar işlab çiqaruvçilarini birlaştiradi. Xolding tarkibida 140 dan ortiq korxona faoliyat yuritadi, ulardan 4 tasi etil spirt işlab çiqaradi, 95 tasi birlamçi vinoçilik, 37 tasi vino va liker-aroq mahsulotini quyiş, 2 tasi köpiklanuvçi vino, 3 tasi şişa idiş işlab çiqariş va bittasi bezaş bilan şuğullanadi.