Gollandiyaning Eyndxoven şahridagi “Indoor Sportcentrum Eindhoven” majmuasida ösmirlar, yoşlar va kattalar örtasidagi G1 turkumiga kiruvçi mavsumning navbatdagi yirik turniri – 43-Lotto Dutch Open-2016 musobaqasi yakunlandi.

Uşbu nufuzli musobaqada jahonning eng yetakçi hisoblangan 1100 nafardan ortiq taekvondo ustalari qatorida Özbekiston terma jamoasi taekvondoçilari ham katta tarkib bilan iştirok etdi.

-87 kg vazn toifasida dayanga çiqqan hamyurtimiz Jasur Boyqöziyev musobaqaning bronza medaliga sazovor böldi.

+68 kg vaznda dayanga çiqqan Svetlana Osipova oltin medalni qölga kiritdi. Eng oğir +87 kg vazn toifasida amaldagi jahon çempioni Dmitriy Şokin finalgaça mağlubiyatsiz yetib borib, kumuş medal bilan taqdirlandi. Bu haqda olamsport.com xabar qilgan.

-74 kg vazn toifasida öz imkoniyatini sinovdan ötkazgan Nikita Rafaloviç esa xalqaro turnirning bronza medalini qölga kiritdi.

Eslatib ötamiz, Eyndxoven dayanlarida Özbekiston sport şarafini qizlardan Svetlana Osipova (+68), Nigina Rajabova (-46), Gözal Norboboyeva (-53), Nazokatxon Najmiddinova (-53), Zarya Qosimova (-53), Dilfuza Xolbötayeva (-62), Nigora Tursunqulova (-67) himoya qilişdi.

Erkaklar terma jamoasi tarkibidan esa Valentin Xegay (-54), Timurbek Örolov (-58), Şahboz Şofayziyev (-68), Nikita Rafaloviç (-74), Maksim Rafaloviç (-80), Jasur Boyqöziyev (-87), Dmitriy Şokin (+87) joy olişgandi.