Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoyguning ma'lum qilişiça, Rossiya Harbiy-kosmik kuçlari Suriya hududida amalga oşirilgan harbiy amaliyotlar natijasida 209ta neft obektini hamda 3 mingga yaqin neft mahsulotlari yetkazib beruvçi vositalarni yöq qilgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilgan.

Bu haqda u Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda mamlakat taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan uçraşuvda ma'lum qilgan.

"Bizning aviatsiyamiz 209ta neft qazib oliş, qayta işlaş va yoqilği oliş obektlarini yöq qildi. Şuningdek, jangarilarning 2912ta neft mahsulotlarini taşiş va yetkazib beriş bajarilgan vositalarini işdan çiqardik", degan u.

Vazirning qayd etişiça, bu harakatlar xalqaro terrorizmga qarşi kuraş doirasida olib borilgan va öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga amal qilingan.