Yaponiyaning Sony kompaniyasi vakillari marhum qöşiqçi Maykl Jyeksonning yaqinlaridan qöşiqçining kompaniya bilan birgalikdagi musiqa biznesidagi uluşini 750 mln dollarga sotib oldilar. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi.
Bitimga köra 733 mln dollarlik birinçi tranş Jyekson oilasining hisob raqamiga ötkazib berildi. Bitim yakunlangandan keyin kompaniya Sony/ATV Music Publishing kompaniyasidagi qöşiqçiga tegişli bölgan 50 foiz uluşga egalik qiladi.
Kompaniya Jyeksonning oilasi bilan uning ölimidan keyin qöşiqçining yangi 10 ta albomini çiqariş böyiça şartnoma tuzgan.
Kompaniya möljaliça, yangi albomlar qöşiqçining ba'zi eski albomlari va avval heç qaçon çop etilmagan qöşiqlarini öz içiga olişi kerak.






