14 mart kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Vengriyaning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elçisi Peter Santo bilan uçraşdi.

Vazir elçining işonç yorliqlari nusxasini qabul qildi va uni yuqori lavozimga tayinlangani hamda Toşkent şahrida Vengriya elçixonasi faoliyat yurita boşlagani bilan tabrikladi.

Suhbat çoğida ta'kidlanganidek, ikki davlat ham diplomatik missiya oçilişini hamkorlikning barça sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş uçun mavjud ulkan salohiyatni izçil va kompleks amalga oşiriş imkoniyati deb hisoblaydilar.

Ikki tomon davlat tuzilmalari va işbilarmon doiralari vakillari savdo-iqtisodiy, investitsion hamkorlikni faollaştirişdan, jumladan iqtisodiy hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiya majlislarini ötkaziş orqali aloqalarni mustahkamlaşdan manfaatdor.

Uçraşuvda ba'zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.